
“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida adabiy uchrashuv
"Yosh noshirlar" toʻgaragi aʼzolari “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasiga borib, "Sharq yulduzi" jurnali tahririyati faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Kompyuter lingvistikasi va raqamli texnologiyalar kafedrasi katta o‘qituvchisi Uldona Abdurahmonova rahbarligida tashkil etilgan mazkur ma’naviy-ma’rifiy tadbir doirasida talabalar “Sharq yulduzi” jurnali adabiyotshunoslik boʻlimi mudiri D.Qoʻziyeva va muharrir M.Xusanova bilan samimiy suhbatda bo‘lishdi.
Uchrashuv davomida jurnal ijodiy va texnik faoliyati haqida batafsil ma’lumot berildi. Talabalar o‘zlari qiziqqan savollarga javob olishdi. Tadbir yoshlarda maqola yozish, uning tahtririga bo‘lgan mehrni kuchaytirish, ularning ma’naviy dunyoqarashini boyitish, ijodiy tafakkurini rivojlantirishga xizmat qildi.
Bu kabi uchrashuvlar talabalarni noshirlik sohasiga boʻlgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qiladi.