
“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida adabiy uchrashuv
Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti 3-kurs talabalari “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasiga tashrif buyurishdi. Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi katta o‘qituvchisi N. Karimova rahbarligida tashkil etilgan mazkur ma’naviy-ma’rifiy tadbir doirasida talabalar “Jahon adabiyoti” jurnali bosh muharriri, taniqli adabiyotshunos Ahmadjon Meliboyev bilan samimiy suhbatda bo‘lishdi.
Uchrashuv davomida adibning ijodiy faoliyati, tilshunoslik va adabiyotshunoslikka oid ilmiy ishlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, qiziqarli va ilhomlantiruvchi javoblar olishdi. Tadbir yoshlarda adabiyotga bo‘lgan mehrni kuchaytirish, ularning ma’naviy dunyoqarashini boyitish, ijodiy tafakkurini rivojlantirishga xizmat qildi.
Bu kabi uchrashuvlar yosh avlodni milliy qadriyatlar va zamonaviy adabiy jarayonlar bilan yaqindan tanishtirishda muhim o‘rin tutadi.