Yangiliklar

img
Thu, 02/15/2024 - 18:40

Doktorantlar uchun seminar tashkil etildi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash, ilmiy salohiyatni oshirish, tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlash borasida ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda. Birgina, 2023-2024-o‘quv yilida 8 ta tadqiqotchi fan doktori ilmiy darajasini olishi uchun, 123 nafar tadqiqotchi tayanch doktorantura bosqichiga, 4 nafar ilmiy izlanuvchi stajor tadqiqotchilikka, 5 nafar ilmiy izlanuvchi esa mustaqil tadqiqotchilikka qabul qilindi.
Universitetimiz tadqiqotchilarining ilmiy faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish, ularga ilmiy izlanishlarida yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish maqsadida 1-kurs tadqiqotchilar uchun joriy yilning 14-fevral kuni seminar tashkil etildi. Ushbu seminarda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Odina Jamoldinova, ilmiy tadqiqotlar va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i Sanjar Mavlyanov, tilshunos olima Iroda Azimova, filologiya fanlari doktori Ilyos Ismoilov o‘z ma’ruzalari bilan chiqish qildilar. Seminar davomida tadqiqotchilar uchun muhim masalalarda, ilmiy faoliyat bilan bog‘liq mavzularda tushuntirishlar berildi.

  

Ushbu seminar ishtirokchilari shaxsiy ish rejasini tuzish, mavzu tanlash, dissertatsiyani rasmiylashtirish qoidalari, dissertatsiyaga qo‘yiladigan talablar, dissertatsiya yozish jarayoni, tartibi, dissertatsiya tuzilishi va hajmi, avtoreferat tayyorlash, e’lon qilingan ishlar ro‘yxatini shakllantirish, mutaxassislikdan imtihonlar topshirish va shu kabi masalalar yuzasidan ma’lumotlar olishdi. Seminar so‘nggida tadqiqotchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Bu kabi seminarlarning doimiy tashkillashtirilishi tadqiqotchilarning ilmiy faoliyatida erishadigan muvaffaqiyatlari uchun muhim qadam bo‘ladi.