Yangiliklar

img
Mon, 09/16/2024 - 16:27

Diqqat e'lon

Xabaringiz bor, Prezidentning 2022-yil 20-oktabrdagi [PQ-407-son] qarori bilan «O‘zbek imo-ishora tili va Brayl alifbosini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilingan.

2023-yil 1-yanvardan boshlab davlat telekanallarida haftalik efir vaqtining kamida besh foiz hajmidagi ko‘rsatuvlar surdotarjima, yashirin subtitrlar yoki «yuguruvchi satrlar» bilan namoyish etiladi.

2024/2025-o‘quv yilidan boshlab kar va zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarining o‘qituvchi lavozimiga faqat dars o‘tiladigan imo-ishora tilini biladigan pedagog kadrlar ishga qabul qilinadi.

2023-yildan boshlab har yili sentabr oyida «Imo-ishora tili bo‘yicha eng yaxshi tarjimon» tanlovi o‘tkaziladi va tanlov g‘oliblari quyidagicha tartibda pul mukofotlari bilan rag‘batlantiriladi:

  • 1-o‘rin uchun — BHMning 100 baravari;
  • 2-o‘rin uchun — BHMning 65 baravari;
  • 3-o‘rin uchun — BHMning 50 baravari.

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti rahbariyati imo-ishora tiliga talab yuqoriligini inobatga olib, talabalar uchun surdotarjimonlik o‘quv laboratoriyasi tashkil etilmoqda. Laboratoriya rahbari karlar jamiyati faoli Mamurjon Axlidinov. Siz imo-ishorani haqiqiy eshitishida nogironligi bo‘lgan insoning o‘zidan o‘rganasiz!

Maxsus o‘quv kurslarida nogironligi bor shaxslar hamda ushbu toifadagi voyaga yetmagan bolalarning ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar, shuningdek universitet talabalari – bepul.

Kurslar boshlang‘ich bo‘lib, 5 oy davom etadi (sentabr oyidan yanvar oyigacha, haftada 3 marta, ikki soatdan). Kurslar yakunida tinglovchilarga sertifikat beriladi.

Kurslarga yozilish va batafsil ma’lumot olish uchun @akhlidinov ga murojaat qiling.

Manzil: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti