Diqqat, "Bahr-u bayt" final!
Joriy yilning 25-mart kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida Xalqaro aloqalar ofisi tomonidan tashkil etilgan "Bahr-u bayt battle"ning final bosqichi boʻlib oʻtdi. Tanlov hakamlar hayʼati aʼzolari: Amaliy filologiya fakulteti oʻqituvchisi Musurmon Nomozov, katta oʻqituvchi Sabohat Bozorova, filologiya fanlari doktori, dotsent Nozliya Normurodova, oʻquv ishlari boʻyicha referent-kotib Nurbek Nuradullayevlar tomonidan nazorat qilindi. Finalchilar: O‘zbek filologiyasi fakulteti talabalari Jumagul Yo‘ldosheva va Mirvohidova Zebo, Amaliy filologiya fakulteti talabasi Sayyora To‘xtasinovalar ishtirokida boʻlib oʻtgan tanlov qizgʻin tus olib, barchani hayajonga soldi. Bahsli jarayon yakunida hakamlar tomonidan koʻplab sheʼr va gʻazallarni yod olgan, iqtidorli talaba Mirvohidova Zebo gʻolib deb topilib, gʻolibaga sovgʻalar topshirildi. Shuningdek, qolgan ishtirokchilar ham sovgʻalar bilan mukofotlandi. Tadbir yakunida Xalqaro aloqalar boʻyicha prorektor Nozliya Zarilovna shu singari tanlovlar anʼanaviy tarzda oʻtkazilishini va bunday amaliy ishlar talabalik davrini yanada qiziqarli oʻtishiga koʻmaklashishini taʼkidladi. Maʼlumot oʻrnida, yaqin kunlarda "Bahr-u bayt battle"ning ikkinchi turiga start beriladi.