
Wed, 06/25/2025 - 13:26
Dilnoza Boymaxmatovaning dissertatsiya muhokamasi haqida e'lon
2025-yil 1-iyul kuni soat 12:00 da C blokdagi 316-auditoriyada “O‘zbek tili va adabiyoti ta’limi” kafedrasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Unda Boymaxmatova Dilnoza Do‘smat qizining “Ona tili ta’limida diskursiv yondashuv metodikasi” mavzusidagi dissertatsiyasi muhokama qilinadi. Ushbu ilmiy ish pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek tili) ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan.
Ilmiy rahbar: filologiya fanlari doktori, professor L. Raupova.
Taqrizchilar:
– PhD, dotsent v.b. I. Ishonxanova
– PhD, dotsent v.b. S. Kuldasheva
Ilmiy jamoatchilik, doktorantlar va magistrantlarni dissertatsiya muhokamasida faol ishtirok etishga taklif etamiz.