Devonxona bo'limi

Tug‘ilgan sanasi: 19.04.1993
Millati: O'zbek
E-mail: info@navoiy-uni.uz
Kontakt: +998 71 281 45 11
Qabul kunlari: 10:00 - 17:00
Dushanba-Juma
MA'LUMOT
- Universitetga keluvchi hujjatlarni to‘g‘ri hisobga olish, o‘z vaqtida qayd etilishi va ijrochilarga topshirilishini tashkil etish;
- Universitetdan chiquvchi hujjatlarning to‘g‘ri rasmiylashtirilishini ta‘minlash;
- Rektor nomiga keluvchi hujjatlarni qabul qilib olish,ularni varaqchaga qayd etish va ma‘lum qilish uchun topshirish;
- Rektor ko‘rsatmasiga muvofiq hujjatlarni ijro etish uchun yuborish;
- Rektor (prorektor) imzosi bilan yuboriladigan hujjatlar qayd etilib,to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini tekshirish;
- Fuqarolar murojaatlari bo‘yicha hujjatlarni ro‘yxatga olish,ularning ijrosi bo‘yicha nazorat kartochkalarini belgilangan tartibda yuritilishini ta‘minlash;
- Fuqarolar murojaatlarini tahlil qilish va hisobini olib borish,iro muddatini ta’minlash, Ilmiy Kengashga har oyda,Vazirlikka har chorak yakunining 5-sanasidan kechiktirmasdan hisobotlarni taqdim etib borish;
- Ish yuritishda tugallangan hujjatlarni arxivga topshirish uchun rasmiylashtirish.
Devonxona bo‘limi mudiri
Ta’lim:
2015-2019
Bakalavriat: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti
Ish faoliyati:
2020 – 2021
Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti. «Monitoring va ichki nazorat» bo‘limi uslubchisi
2021 – hozirgi paytgacha
Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti. Devonxona bo‘limi mudiri
Hozirgi ish joyi:
Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti. Devonxona bo‘limi mudiri
Devonxona bo'limi
Universitetga kelib tushadigan hujjatlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va ijrochiga tarqatish.
Vazifalari:
- Universitet ish yuritishiga mas’ul hisoblanib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining dasturi orqali va tashqaridan kirib kelayotgan hujjatlarni, ma’lumotlarni olish;
- Xatlar va hujjatlarning to‘liqligini ko‘rib chiqib uni ichki hujjat almashinuv dasturiga kiritish;
- Zudlik bilan rektorga yetib borishini va imzodan o‘tishini ta’minlash;
- Shu paytning o‘zida ijrochilarning o‘zlariga yetib borishi, hamda ijro nazoratini olib borish;
- Universitetdan chiqib ketayotgan har bir xatlarni ko‘zdan kechirib qayd qilish;
- Hujjatlar yig‘ma jildini to‘plash.
Huquq va majburiyatlari:
- Universitetda barcha hujjatlarini belgilangan tartibda yuritilishini, boshqa bo‘limlar bilan bevosita hamkorlikda tashkil etish va yuritish;
- Jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushayotgan yozma murojaatlarni qabul qilish, ro‘yxatdan o‘tkazish, ularga nazorat kartochkasi ochib, rahbariyatga kiritish, so‘ngra ijrochiga ijro uchun yetkazish,
- Har chorak vazirlikka hisobot berib borish;
- Devonxonaga kelib tushayotgan hujjatlarni o‘z vaqtida, ularni to‘liqliligini tekshirib belgilangan tartibda qabul qilish, 1b, 2b, 3b, 4b kartochkalar rasmiylashtirish va rahbariyatga kiritish
- nazoratga olish uchun ichki nazorat va monitoring bolimiga va ijrochiga yetkazib berish.
Bo'limda ish olib borish tartibi
- Universitetda ish yuritish ishlarini olib borish va takomillashtirish.
- Kirish hujjatlarini qayd qilish va ular bilan ishlashni to'g'ri tashkil qilish.
- Yuqori tashkilotlar, universitet rektorining farmoyishlari, buyruqlari va fuqarolar arizalarining bajarilishini nazorat qilishni ta'minlash.
- Ish yuritish jarayonida tashkil topgan hujjatlardan foydalanish va ularni saqlashni ta'minlaydi.
- Xatlarni qabul qilish va yuborish.
- Universitet raxbariyatiga va bo'limlariga hujjatlar, fuqarolar arizalarini taqsimlash, ularni qayd etish va ijrosini muntazam nazorat qilish.
- Universitet bo'limlari ish yuritish xizmati xodimlari (laborant, kotiba) ishlarini nazorat qilish ularga uslubiy ham amaliy yordam berish.