Yangiliklar

img
Thu, 10/16/2025 - 13:27

“Davlat tili taraqqiyoti: muammo va yechimlar” mavzusidagi III Respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi davlat tilining jamiyatdagi o‘rni va nufuzini yanada mustahkamlash, til siyosatini takomillashtirish hamda o‘zbek tilining zamonaviy taraqqiyot yo‘nalishlarini belgilash maqsadida “Davlat tili taraqqiyoti: muammo va yechimlar” mavzusidagi Respublika an’anaviy III ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.
Anjumanda respublikaning turli oliy ta’lim muassasalari olimlari, soha mutaxassislari, tilshunoslar, amaliyotchi xodimlar hamda yosh tadqiqotchilar ishtirok etdilar.
Mazkur ilmiy anjumanda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti professori Z. Xolmanova faol ishtirok etib, davlat tilining amaliyotdagi qo‘llanilishi, til siyosatining ijtimoiy hayotdagi o‘rni va mas’uliyatli yondashuv zarurati haqida ma’ruza qildi.
Tadbir davomida “Davlat tilining huquqiy asoslari va rivojlanish istiqbollari”, “Raqamli davrda o‘zbek tilining qo‘llanilish imkoniyatlari”, “Terminologiya va imlo masalalari”, “Davlat tilida ish yuritish amaliyoti”, “Ta’lim tizimida o‘zbek tili o‘qitish metodikasi” kabi yo‘nalishlarda sho‘balar ish olib bordi.

  

Anjumanda ishtirokchilar davlat tilining ijtimoiy hayotdagi mavqeini oshirish, zamonaviy texnologiyalar orqali tilni rivojlantirish, yosh avlodda til madaniyatini shakllantirish bo‘yicha o‘z fikr va takliflarini bildirdilar.