Davlat bayrogʻi – xalq iftixori
1991-yil 18-noyabr kuni mamlakatimizda «O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i to’g’risida» gi Qonun qabul qilingan. Unda davlat bayrog’i mamlakitimizning suvereniteti va mustaqilligini ifodalovchi ramz ekanligi ta’kidlangan. Joriy yil O’zbekistonda Davlat bayrog’i qabul qilinganligining 32 yilligi nishonlanmoqda.
Jumladan, Alisher Navoiy nomidagi ToshDOʻTAUda ham bugungi kun keng tantana qilindi. Talabalar tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlarda vatanparvarlik ulugʻlandi. “Lazgi” ashula va raqs ansambli dasturlari barchaga koʻtarinki kayfiyat ulashdi.
Tarixiy qadriyatlar asosida yaratilgan va o’tmishimiz, bugungi kunimiz va kelajagimiz ramzi bo’lgan Davlatimiz bayrog’ida biz ona suti, uning beshik kuylari va buyuk ajdodlar ta’limoti bilan singdirgan ulkan milliy kuch, yuksak aql va iroda mavjud. Bugungi bayram barchaga muborak boʻlsin!



