
Chingiz Aytmatov ijodining Oʻzbekistonda oʻqitilishi
Qirg’iz Respublikasida, balki butun dunyoda buyuk adib Chingiz Aytmatovning 95 yilligi munosabati bilan tantanali tadbirlar bo’lib o’tmoqda. Jumladan, Qirg’iz-Rossiya slavyan universiteti va Moskva davlat lingvistika universiteti tomonidan tashkil qilingan Xalqaro anjumanda dunyoning qator mamlakatlaridan olimlar ishtirok etmoqdalar. O’zbekistondan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti Ona tili ta’limi kafedrasi professori, pedagogika fanlari doktori Gulshan Asilova ham ushbu anjuman ishtirokchisidir. Olimamiz konferensiyada ishtirokchilarni O’zbekiston umumta’lim tizimida Chingiz Aytmatov asarlarining o’rganilishi bilan tanishtirdi. Qardosh qirgʻiz xalqining ardoqli farzandi Chingiz Aytmatov asarlari Oʻzbekistonda sevib oʻqilishini qayd etdi.
Anjuman ishtirokchilari Bishkek shahrida Chingiz Aytmatovning 95 yilligiga bag’ishlangan davlat tadbirida ham ishtirok etdilar.