Yangiliklar

img
Tue, 12/03/2024 - 17:01

Cheklanmagan imkoniyatlar

2024-yil 3-dekabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 3-dekabr – «Nogironligi bo‘lgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash kuni» munosabati bilan maxsus tadbir tashkil etildi. Ushbu tadbir universitetning ijtimoiy mas’uliyatga sodiqligi va imkoniyati cheklangan talabalarning huquq va manfaatlarini ta’minlash borasidagi amaliy harakatlarini namoyish etdi.  
Tadbir davomida imkoniyati cheklangan talaba-qizlarga alohida e’tibor qaratilib, ular bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Talabalarning ehtiyojlari va qiziqishlariga mos tarzda ko‘mak berish bo‘yicha fikr almashildi. Bundan tashqari, ularning ijtimoiy faolligini oshirish va o‘z salohiyatlarini to‘liq ro‘yobga chiqarish maqsadida rag‘batlantiruvchi chora-tadbirlar muhokama qilindi.  

Ushbu tadbirning asosiy maqsadi imkoniyati cheklangan yoshlarning jamiyatda o‘z o‘rnini topishi, ularga munosib sharoit yaratish va ularning haq-huquqlarini himoya qilishdan iboratdir. ToshDO'TAU mazkur yo‘nalishda o‘zining doimiy tashabbuslari bilan talabalarga nafaqat ta’lim, balki ularning ijtimoiy muhitda erkin va to‘laqonli ishtirokini ta’minlashda ham ko‘mak berishda davom etadi.  

 

Nogironligi bo‘lgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olib borilayotgan bunday tadbirlar yoshlarning o‘z imkoniyatlarini namoyon qilishiga ko‘mak berib, ularni jamiyatning ajralmas qismi sifatida yuksak qadrlanishiga xizmat qiladi.