Yangiliklar

img
Mon, 02/13/2023 - 01:07

Buyuk ajdodlar yodi

Yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli yangilanishlar, islohotlarning oldingi safida millat ziyolilari turadi. Universitetimiz olimlari ham ma'naviy-ma'rifiy, ijtimoiy-siyosiy sohalarda hamisha ilg‘or va kamarbastalar. Jumladan, turli idora va muassasalarda o‘tkaziladigan tadbirlarda ishtirok etib, ilm ulashayotgan ustozlarimizga tasanno desak, arziydi. Kuni kecha Toshkent davlat agrar universitetida Buyuk mutafakkir, davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi hamda ulug‘ sarkarda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligini keng nishonlashga bag'ishlangan “Buyuk ajdodlar yodi” deb nomlangan adabiy - ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda universitetimiz professorlari Nusratilla Jumaxo‘ja va Zulxumor  Xolmanovalar o‘z ma'ruzalari bilan ishtirok etishdi.

Shu mavzudagi tadbir Toshkent farmasevtika institutida ham bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda universitetimizning O‘zbek tilshunosligi kafedrasi o‘qituvchisi Davlatyor Jumashov qatnashib, buyuk ajdodlarimizning jahon tarixi va madaniyatida tutgan o‘rni, ularning boy badiiy merosi haqida yig‘ilganlarga ma'lumot berdi.