Wed, 04/05/2023 - 17:12
Bugungi mediaolam xususida suhbat
5-aprel kuni O'zbek tili ta'limi fakulteti talabalari uchun ajoyib davra suhbati tashkil etildi. Suhbat mehmoni "Oltin qalam" xalqaro milliy mukofoti, radio yo‘nalishi birinchi o‘rin sohibi, Xalq ta’limi a’lochisi, 2018-yilda "Yilning eng faol jurnalisti", 2010- 2014-yillarda MTRK sovrindori, O‘zbekiston jurnalistlar uyushmasi a’zosi Uljamol Xonnayeva bo'ldi. Hozirda "Yoshlar" teleradiokanali sharhlovchisi sifatida faoliyat olib borayotgan jurnalist "Bugungi mediaolam xususida" mavzusida talabalar bilan muloqot qildi. Davra suhbatida yoshlarning yozma va og'zaki nutqini yaxshilash, internet asrida ommaviy savodsizlikning oldini olish, milliy til va milliy ruh masalalari bo'yicha dolzarb fikrlar aytildi.



