Yangiliklar

img
Mon, 04/03/2023 - 17:54

Bo'lg'usi pedagoglarning amaliyoti davom etmoqda

Pedagogik ta'lim yo'nalishlarida tahsil oluvchi talabalar uchun "4+2" shaklidagi o'quv jarayoniga o'tish samarali bo'lmoqda. Bunda talabalar universitetda olgan nazariy bilimlarini amaliyota tatbiq etish barobarida tajriba oshirmoqdalar, o'quvchilar bilan ishlashni o'rganmoqdalar. Ona tili va adabiyot ta'limi fakulteti kechki ta'lim shaklida tahsil oluvchi 3-bosqich talabasi Shohrux Yunusjon shunday yozadi: "An'anaga aylanib borayotgan haftaning har shanbasida biz 281-maktabda pedagogik amaliyotni davom ettiryapmiz.
Mazkur jarayon bugun ham qiziqarli bo'lib o'tdi. Xususan, 10-sinf o'quvchilarini kasbga yo'naltirish bo'yicha "Ishga marhamat" monomarkazida yaratilgan imkoniyatlar haqida taqdimot o'tib berdim. 7-sinf o'quvchilari bilan esa O'lmas Umarbekovning "Qiyomat qarz" hikoyasini tahlil qildik. O'quvchilar asardagi asosiy qahramonlar va yordamchi detallarni izohlashga harakat qildilar.

Shuningdek, dars mashg'ulotlari so'nggida maktab direktorining o'quv ishlari bo'yicha o'rinbosari Yulduz Kayumova tomonidan amaliyot davrida o'quvchilar bilan ishlashdagi asosiy jihatlar haqida muhim tavsiyalar ham berildi".