Yangiliklar

img
Mon, 10/16/2023 - 16:13

Bolalar adabiyoti vakillari bilan uchrashuv

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbek tili ta’limi fakultetida  2023-yilning  13- oktabrida  o‘zbek bolalar adabiyoti  vakillari  va talabalarning ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda  Jurnalistika sohasida “Oltin Qalam” Milliy mukofoti sovrindori, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bolalar va o‘smirlar kengashi a’zosi, 2-darajali Sog‘lom avlod uchun ordeni sohibi  Dilshod Rajabov hamda Turon fanlar akademiyasining faxriy akademigi, prozaik Shukrullo Abdullayev,  bolalar shoiri Xudoyberdi Komilovlar ishtirok etdilar. Ijodkorlar o‘zlarining yangi  asarlari bilan talabalarni  tanishtirib, talabalarga kitoblarini sovg‘a qilishdi. Bolalar yozuvchilari talabalarning  ko‘plab savollarga javob berdilar. 
 Albatta, bolalar adabiyoti  o‘quvchi dunyoqarashining rivojlanishiga, tasavvur olamining shakllanishiga katta xizmat qiladi. Ushbu ijodkorlarning asarlari o‘rta ta’lim maktabi darsliklariga va  to‘plamlarga   kiritilgan. Ushbu uchrashuvda talabalar  ijodkorlarning  she’rlaridan namunalar o‘qib berdilar. Ijodiy  uchrashuv juda qiziqarli  o‘tdi.