
Boʻlajak tarjimonlar ustoz tarjimon bilan uchrashdi
2024-yil 6-noyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi tomonidan bo‘lajak tarjimonlar uchun “O‘zbek tilining mavqeyini oshirishda tarjimaning ahamiyati” mavzusida seminar tashkil etildi. Ushbu seminarda kafedra o‘qituvchilari va 3-bosqich talabalari ishtirok etdi. Seminar mehmoni sifatida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, pedagogika fanlari nomzodi, taniqli shoir va tarjimon Nikolay Dmitriyevich Ilyin taklif etildi.
Seminarda tarjima jarayonida o‘zbek tilining imkoniyatlari, uning xalqaro maydondagi mavqeini yanada mustahkamlashda tarjimaning o‘rni haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Nikolay Ilyin o‘zining tarjimachilik tajribasi bilan o‘rtoqlashdi, shuningdek, talabalar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob berdi. Seminar davomida, dublyaj ko‘rinishida tayyorlangan tarjimalar namoyishi mehmonlar va ishtirokchilar orasida katta qiziqish uyg‘otdi va ularga yangi ilhom bag‘ishladi.
Tadbirda faol ishtirok etgan talabalar esa O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan tashkil etiladigan Yosh tarjimonlar tadbiriga taklif etildi. Ushbu tadbir talabalar uchun nafaqat yangi bilim va tajriba almashish maydoni, balki o‘zbek tilining tarjima jarayonidagi roli va ahamiyatini chuqurroq anglash imkoniyatini berdi.