Yangiliklar

img
Sat, 02/17/2024 - 11:40

Bo'lajak tarjimonlar uchun binar mashg'ulot

Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti Ingliz tili kafedrasi professor-o’qituvchilari Z. Hakimova va Sh. Maxkamova tomonidan noan'anaviy binar dars tashkil etildi. Dars Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi munosabati ayni mavzuda tashkil etildi. Darsda fakultetning 2- kurs talabalari faol ishtirok etishdi.  Dars davomida Boburning hayoti va ijodi haqida qizg'in suhbatlar olib borildi, video namoyish etildi va qiziqarli savol- javoblar o'tkazildi. Talabalar tomonidan Bobur ijodiga mansub g'azal va ruboiylar ijro etildi.
Darsning asosiy maqsadi mumtoz adabiyotimiz namunalarini xorijiy tillarga tarjima qilish borasidagi talabalarning bilimlarini mustahkamlash, ularning badiiy didini oshirishdan iborat.