Yangiliklar

img
Tue, 11/07/2023 - 19:06

Boʻlajak psixologlar uchun binar dars

Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2023- yil 7- noyabrda Amaliy psixologiya faniga oid binar ma’ruza (Guests-lectures) o‘tkazildi. Unda  ma’ruzachilar sifatida  Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasining  katta o‘qituvchisi  Boboyor To‘rayev hamda  birinchi mutaxassisligi – fransuz tili  o‘qituvchisi, ikkinchi kasbi - amaliyotchi-psixolog, shuningdek,   "ZOʻRTV" kanali orqali namoyish qilingan  mashhur "PSIXOLOG” serialining bosh qahramoni rolini ijro etgan  psixolog va aktrisa  Nafisa Olg‘irovalar  qatnashishdi. Binar ma’ruzada  jamiyat va psixologiya fani rivojida o‘zbek tilining roli va ahamiyati; amaliy psixologiya, klinik davolash va notiqlikda so‘z ning roli va qudrati; bugun zo‘r psixolog -notiq  bo‘lish uchun nimalar qilish kerak?  Bugungi kundagi hayotiy vaziyatlar  va munosabatlar psixologiyasida so‘zning tutgan o‘rni kabilar haqida  juda qiziqarli  va yangi ma’lumotlar berildi. Interaktiv tarzda o‘tkazilgan binar ma’ruzada bugungi kun psixologiyasida juda faollashib borayotgan  notiqlik orqali terapiya  haqida keng ma’lumotlar va mazkur terapiyani o‘tkazish bo‘yicha qimmatli amaliy maslahatlar berildi.

  

Ma’ruzachilar tinglovchilarning barcha savollariga batafsil javoblarni berishdi. Ma’ruzada nafaqat  bo‘lajak psixologlar, balki universitetning barcha yo‘nalishlaridagi talabalar va o‘qituvchilar qatnashishdi.