
Biz yoshlar giyohvandlikka qarshimiz!
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 15-apreldan 15-maygacha davom etgan "Xavfsiz va sog‘lom yurt" oyligi doirasida "Biz yoshlar giyohvandlikka qarshimiz!" shiori ostida profilaktik tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda Toshkent shahar Ichki ishlar boshqarmasi vakillari, universitet profilaktika inspektori J. Xaydarova hamda universitet rahbariyati ishtirok etib, talabalarga giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishi, ularni iste’mol qilishning jiddiy oqibatlari, shuningdek, jinoiy va ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida muhim ma’lumotlar berildi.
Tadbir davomida yoshlarni giyohvandlik, narkotik moddalar va boshqa zararli odatlardan saqlash, ularni sog‘lom turmush tarzi uchun targ‘ib qilish bo‘yicha maslahatlar bilan birga real hayotdan olingan misollar ham taqdim etildi.
Ushbu tashabbus yoshlarni noqonuniy moddalar iste’molining oldini olish, ularning salomatligi va kelajagini muhofaza qilish maqsadida amalga oshirilayotgan izchil ishlardan biridir.
Xavfsiz kelajak – sog‘lom yoshlar qo‘lida!