
Biz asr vabosiga qarshimiz
2023-yilning 29-noyabr kuni universitetimizning faollar zalida 1-dekabr - Xalqaro OITS ga qarshi kurash kuni munosabati bilan trening bo'lib o'tdi. Mahg'ulotda Ona tili va adabiyot ta’limi fakultetining 1-bosqich talabalari ishtirok etishdi. Tadbir “Biz asr vabosiga qarshimiz” shiori ostida o'tkazildi. Treningni Respublika OITS ga qarshi kurash markazi vrach epidemiologlari Mehriniso Majidova, Nuriniso Shermatova hamda bir guruh soha mutaxassislari olib bordilar. Mutaxassislar talabalarga kasallikning epedemiologik xususiyatlari, xavflilik darajasi va davosi topilmagan infeksiya ekanligini aytib o'tdilar. O'z navbatida kasallikka qarshi kurashda har bir fuqaro o‘z sog‘ligiga befarq bo‘lmasligi shart ekanligi qayd etildi. Tadbir davomida fakultetning talabalar tomonidan tayyorlangan videorolik, mavzuga oid sahnali ko‘rinishlar namoyish etildi. Mutaxassislar tomonidan talabalarning kasallik haqidagi bilimlarini aniqlash maqsadida maxsus so'rovnoma olindi.