Yangiliklar

img
Fri, 05/17/2024 - 11:39

Bitiruvchilarning malakaviy amaliyoti qanday o'tdi?!

15-may kuni Ona tili va adabiyot ta’limi fakulteti 4-kurs talabalarining malakaviy amaliyoti yakuniga bagʻishlangan konferensiya bo‘lib o‘tdi. Anjumanni Ona tili va adabiyot ta’limi fakulteti dekani f.f.d., professor M.Abdullayeva ochib berdi. Shundan so‘ng mutaxassis kadrlarni tayyorlashda pedagogik amaliyotning o‘rni haqida O‘zbek adabiyoti ta’limi kafedrasi mudiri ped.f.d., prof. R.Niyozmetova ma’ruza qildi. Malaka amliyoti bo‘yicha umumiy xulosalar bilan Ona tili ta’limi kafedrasi mudiri ped.f.d., dots. K. Mavlonova hisobot berdi. Pedagogik amaliyot hujjatlarini rasmiylashtirish va taqdim etish yuzasidan Ona tili ta’limi kafedrasi katta o‘qituvchisi S.Kuldashevaning fikr-mulohazalari tinglandi. Shuningdek, konferensiyada Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi boshlig‘i R.Umurzakova hamda Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi boshlig‘i M. Xurramov ishtirok etdi.
 Konferensiya yakunida talabalar pedagogik amaliyotnining o‘tkazilishi, egallagan kasbiy ko‘nikmalari, amaliyot taassurotlari hamda ushbu jarayonni takomillashtirish yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirib o‘tishdi.