Yangiliklar

img
Thu, 03/13/2025 - 16:00

Bitiruvchilar uchun maxsus tanlov

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi “Ijtimoiy taraqqiyot uchun” tadqiqot ishlari tanlovini e’lon qiladi!

Agar siz oliy ta’lim muassasasining bakalavriat yoki magistratura bosqichida tahsil olayotgan bo‘lsangiz va ijtimoiy himoya, kambag‘allikni qisqartirish, nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlari, ayollar va bolalar huquqlari, raqamli ijtimoiy himoya kabi mavzularda tadqiqot olib borayotgan bo‘lsangiz, ushbu tanlov aynan siz uchun!

Eng yaxshi 3 ta ish tanlov g‘olibi deb topiladi va maxsus mukofotlar bilan taqdirlanadi!
Hujjatlarni qabul qilish muddati: 2025-yil 16-apreldan 15-maygacha.
Ikkinchi bosqich va taqdimotlar: 2025-yil 31-maydan 10-iyungacha.

Ishtirok etish uchun:
Talabalik guvohnomasi yoki tasdiqlovchi hujjat
Tadqiqot ishingiz (BMI yoki dissertatsiya)
Tadqiqot annotatsiyasi

Bundan tashqari, g‘oliblar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlarda amaliyot o‘tash imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Tanlov haqida qo‘shimcha ma’lumotlar Ijtimoiy himoya institutining Telegram kanalida (https://t.me/ihri_uzb) e’lon qilib boriladi.

Bu muhim!
Tanlov shartlari bilan bog‘liq boshqa savollarni institut elektron pochta manziliga (ihri@ihma.uz) yuborish so‘raladi.