Bitiruvchilar forumi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Hay’atining 2023-yil 30-avgustdagi 101-sonli kengaytirilgan yig‘ilishi bayonining 16- va 20-bandida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 12-oktabr kuni
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tiliva adabiyoti universitetida “Bitiruvchi forumi” o‘tkazildi.
Forumda soʻnggi besh yilda universitetimizni tamomlagan bitiruvchilar, ish beruvchi vazirlik va idoralar vakillari ishtirok etdi.
Forumni universitet rektori Shuhrat Sirojiddinov oʻz kirish soʻzi bilan ochib berdi.
Bitiruvchilarimizning asosiy qismi umumta’lim maktablarida, oʻrta ta’lim muassasalarida ish faoliyatini olib bormoqdalar. Bugungi forumda ham shunday bitiruvchilardan 210 nafari ishtirok etdi.
Forum davomida bitiruvchilar ishga joylashishi mobaynida duch kelayotgan ayrim muammolar, ularni bartaraf etish boʻyicha yechimlar haqida suhbat qurildi. Shuningdek, oliy ta’lim muassasasida olingan bilim va koʻnikmalarning faoliyatda naqadar muhimligi qayd etildi.


