Yangiliklar

img
Tue, 01/28/2025 - 17:49

Bitiruvchilar amaliyotga kuzatildi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida   2025- yil  28-yanvar kuni  O‘zbek tili va   adabiyoti va O‘zga tilli guruhlarda o‘zbek tili ta’lim yo‘nalishlari  4-kurs talabalarining pedagogik amaliyotini  tashkil qilish bo‘yicha   anjuman o‘tkazildi. 
 Anjumanni  Kirish so‘zi bilan  Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti  Ta’lim sifatini nazorat qilish  bo‘limi  boshlig‘i   O.M.Sunnatov  ochib berdi.  O‘zbek tili va adabiyoti ta’limi kafedrasi mudiri   prof.S.Muhamedova, Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti registrator ofisi  mutaxassisi N.Norqulov,  Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti  Talabalar amaliyotini tashkil etish  bo‘limi  mutaxassisi Xayrullo Rajabovlar  Pedagogik amaliyotni tashkil  qilish tartibi, muhim shartlar va qonun-qoidalar haqida batavsil ma’lumot  berishdi.  Shunga ko‘ra anjumanda bitiruvchi talabalar  nafaqat pedagogik amaliyot, balki qishki sessiya natijalari va bo‘lajak yakuniy davlat atttestatsiyalari bo‘yicha ham yangi ma’lumotlarni olishdi. 

  

O‘zbek tili va adabiyoti ta’limi kafedrasi  dotsenti  p.f.b.f.d. (PhD),  dots.O.Turaqulova va  O‘zbek tili va adabiyoti ta’limi kafedrasi  katta o‘qit.  p.f.b.f.d. (PhD) S.Kuldasheva  Pedagogik amaliyot  yakunida topshirish zarur bo‘lgan hujjatlar xususida  maxsus taqdimot qilib,  hujjatlardan namunalar ko‘rsatishdi. 
 Anjuman oxirida savol-javoblar bo‘lib o‘tdi va bitiruvchi kurs talabalari o‘zlari qiziqtirgan  savollarga to‘liq javoblarni olishdi.