Tue, 09/12/2023 - 17:41
“Birinchi kurs” maktabi davom etmoqda
Universitetimizga qabul qilingan birinchi bosqich talabalari uchun moslashuv davrida turkum tadbirlar tashkil etilmoqda. Xususan, 12-sentabr kuni Oʻzbek filologiyasi fakulteti birinchi bosqich talabalari va tyutorlari universitet hovlisidagi koʻshklarda ijodiy muloqot qildilar. Oʻzbek folklori namunalari talabalar tomonidan ijro etildi, laparlar va termalar kuylandi.
Universitet psixologi tomonidan “Kuch – bu harakat” treningni tashkil etildi.
Bilimga chanqoq talabalar uchun “Zakovat”ning navbatdagi saralash oʻyinlari oʻtkazildi.
Kunning ikkinchi yarmida esa, talabalar volleybol va tennis sport turlari boʻyicha oʻzaro bellashdilar.
Universitetda oʻtgan yana bir kun sermazmun oʻtdi.



