Yangiliklar

img
Sat, 09/13/2025 - 15:03

Birinchi bosqich talabalari kafedralar faoliyati bilan tanishtirildi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida birinchi bosqich talabalari uchun mutaxassislik kafedralari tomonidan uchrashuvlar tashkil etildi.

Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi professor-o‘qituvchilari o‘z yo‘nalishi talabalari bilan uchrashib, kafedrada o‘qitiladigan fanlar, dars jarayonlarining o‘ziga xos jihatlari haqida gapirib berdilar. Shuningdek, tarjima sohasidagi ilmiy loyihalar va talabalarning amaliyot imkoniyatlari yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

Qiyosiy adabiyotshunoslik kafedrasi a’zolari talabalarni o‘z yo‘nalishidagi dars mashg‘ulotlari, fan to‘garaklari va ilmiy izlanish faoliyati bilan tanishtirdilar. Talabalarga adabiy tanqid, qiyosiy tadqiqotlar olib borish usullari va kafedra tashabbuslari haqida tushuntirishlar berildi.
 

  

Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari esa talabalarga kafedrada o‘qitiladigan asosiy fanlar, to‘garaklar, ijtimoiy tadqiqotlarga jalb etilish imkoniyatlari haqida so‘zlab berdilar. Uchrashuv davomida talabalar bilan erkin muloqot qilinib, ularning savollariga javob berildi.

  

Mazkur uchrashuvlar talabalarning universitet hayotiga tezroq moslashishida, kasbiy qiziqishlarini kuchaytirishda va ilmiy-amaliy faoliyatga jalb etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.