
“Bilimlar bellashuvi” g‘oliblari taqdirlandi
Bugun 8-may kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida “Bilimlar bellashuvi”ning taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda universitetimiz Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori O.Jamoliddinova, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori G.Jo‘rayeva, O‘zbek tili ta’limi fakulteti dekani S.Muhamedova, professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etishdi. 3 ta bosqichdan iborat “Bilimlar bellashuvi” tanlovi natijalarini e’lon qilish uchun so‘z S.Muhamedovaga berildi. 5 ta til g‘oliblarini I, II, III-darajali diplom, sovg‘alar va pul mukofotlari bilan taqdirladilar. Bellashuv natijalari quyidagicha:
№ | Ismi sharifi | Guruhi | Ta’lim yo‘nalishi |
Fors tili | |||
1 | Rahmatxonova Nozima | 1-kurs 102 guruh | 1-o‘rin |
2 | Berkinova Madina | 1-kurs 104 guruh | 2-o‘rin |
3 | Xalillayeva Sevinch | 1-kurs 104 guruh | 3-o‘rin |
Arab tili | |||
1 | Mamarajabova Dinara | 2-kurs 206 guruh | 1-o‘rin |
2 | Tillabekova Gulnur | 1-kurs 101 guruh | 2-o‘rin |
3 | G‘ofurova Madina | 2-kurs 202 guruh | 3-o‘rin |
Rus tili | |||
1 | Hakimova Diyora | 3- kurs 303 guruh | 1-o‘rin |
2 | Shamsuddinova Robiya | 1-kurs 101 guruh | 2-o‘rin |
3 | Jumayeva Malika | 2-kurs 204 guruh | 3-o‘rin |
Nemis tili | |||
1 | Olimova Shaxnoza
| 2-kurs 201 guruh | 1-o‘rin |
2 | Qosimov Shahriyor
| 2- kurs 201 guruh | 2-o‘rin |
3 | Abdirahimov Otabek
| 2- kurs 201 guruh | 3-o‘rin |
Fransuz tili | |||
1 | Abdug‘aniyeva Charos | 2 kurs 201 guruh | 1-o‘rin |
2 | Karimova Farog‘at | 3 kurs 301 guruh | 2-o‘rin |
3 | Ro‘zimurodova Farangiz | 2-kurs 201 guruh | 3-o‘rin |
Shuningdek, turli xalqaro kviz-forumlar g‘oliblari bo‘lgan universitetimiz talabalari ham diplom, sovg‘a va pul mukofoti bilan taqdirlandi. Tadbirda talabalar tomonidan tayerlangan ashula, raqs va sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Bayram yakunida prorektor O.Jamoliddinova va Xorijiy tillar kafedrasi mudiri N.Rashidova g‘olib va ishtirokchilarni tabriklab, ularga o‘z minnatdorchiligini bildirishdi. Bayram barchaga alohida bir shukuh bag‘ishladi.