Yangiliklar

img
Fri, 04/07/2023 - 14:03

Bilimdonlar bellashuvi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zakovat” intellektual o‘yinini aholi o‘rtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o‘yinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2022-yil 20-yanvardagi PQ-96-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda universitetda “Zakovat” intellektual klubi faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida universitet talabalalari o‘rtasida muntazam ravishda musobaqalar o‘tkaziladi.
“Zakovat” intellektual o‘yinini yoshlarning sevimli mashg‘uloti sifatida rivojlantirish uchun universitetda doimiy ravishda turner o‘yinlari tashkil etiladi. Kuni kecha Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti tyutorlari tashabbusi bilan talabalar o'rtasida intellektual o'yinlarning navbatdagisi o'tkazildi. Unda bilimga chanqoq 4 ta jamoa: "Bilimdon ", "Tarjimon ", " Zakovat " va "Izlam" o'zaro bellashishdi. Qizg'in va murosasiz o'tgan o'yinda "Bilimdon" jamoasi  g'oliblikni qo'lga kiritdi.