Tue, 09/12/2023 - 14:56
Bilimdon talabalar safi kengaymoqda
Universitetimiz talabalari uchun har yili muntazam tashkil etib boriladigan "Zakovat" intellektual o'yinlarining 2023/2024-o'quv yili saralashi boshlandi. Yangi o'quv yili boshlanaishi bilan universitet bilimdonlari qizg'in musobaqalarga kirishib ketishdi. Jumladan, Ona tili va adabiyot ta'limi fakultetining birinchi va ikkinchi bosqich talabalaridan iborat jamoalar uchun ilk saralash o'yinlari o'tkazildi.
"Zakovat" intellektual o‘yinida fakultetning bilimdon talabalaridan tashkil topgan "Kohinur", "Intellekt", "Kvazar", "Renesans" jamoalari o'zaro bellashdilar. Qiziqarli va murosasiz bellashuvlar yakuniga ko'ra 1-bosqich talabalaridan tuzilgan "Kohinur" jamoasi g'olib bo'ldi.





