Yangiliklar

img
Wed, 08/20/2025 - 17:29

Bilasizmi?!

Birinchi bosqich talabalari uchun o‘qish qachondan boshlanadi?
Javob: Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 2025/2026-o‘quv yili boshlanish sanasi hali rasman e’lon qilinmagan.

Universitetda majburiy "forma" mavjudmi?
Javob: Universitetda yagona majburiy forma joriy etilmagan. Biroq, talabalar kiyinish madaniyati va odob-axloq qoidalariga rioya qilishlari shart.

Universitetga hujjatlarni qachongacha olib borishim kerak?
Javob: O‘qish boshlangach, hujjatlaringizni o‘zingiz bilan olib kelib, tyutoringizga topshirishingiz mumkin.

Super-kontraktni bo‘lib to‘lash mumkinmi?
Javob: Ha, kontrakt summasini to‘rt qismga bo‘lib to‘lash imkoniyati mavjud.

Talabalar turar joyiga qanday tartibda va qachondan joylashish mumkin?
Javob: Talabalikka tavsiya etilganlar talabalar turar joyiga joylashish uchun Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali onlayn ariza topshirishlari mumkin.

Kontrakt to‘lov miqdorini qayerdan bilsam bo‘ladi?
Javob: Kontrakt shartnomasini kontrakt.edu.uz platformasi orqali ko‘rishingiz mumkin.

Super-kontraktda o‘qiyotgan talabalar yotoqxonada turishlari mumkinmi?
Javob: Talabalikka tavsiya etilgandan so‘ng hujjat topshirish huquqiga ega. Biroq, odatda talabalar turar joylarida joylar tezda to‘lib qoladi.

Kechki ta’lim shaklidagi birinchi bosqich talabalari ham talabalar turar joyiga joylashishlari mumkinmi?
Javob: Yo‘q, kechki ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalarga talabalar turar joyi ajratilmaydi.

Talabalikka tavsiya etilganlar qanday hujjatlarni olib kelishlari kerak?
Javob: Talabalikka tavsiya etilganlar quyidagi hujjatlarni OTMga taqdim etadilar:

Rektor nomiga ariza (OTMda yoziladi);

Pasport yoki ID-karta nusxasi (asl nusxasi ko‘rsatiladi);

Diplom yoki attestat (ilovasi bilan birga) asl nusxasi;

Til bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat (mavjud bo‘lsa) asl nusxasi;

3,5 x 4,5 hajmdagi 6 dona fotosurat;

Imtiyoz asosida qabul qilinganlar uchun imtiyozni tasdiqlovchi hujjatning asli;

Abituriyent qayd varaqasi;

Hujjatlar yig‘ma jildi (papka-skorosshivatel);

A5 formatdagi konvert.

Eslatma: Hujjatlarning barchasi rangli printerda chiqarilgan bo‘lishi talab etiladi.

Talabalar turar joyiga joylasha olmaganlar nima qilishlari kerak?
Javob: Universitet huzurida faoliyat yurituvchi ko‘ngillilardan iborat maslahat markazi mavjud. Ular talabalarni universitetga yaqin hududlardagi ijaraga beriladigan xonadonlarni topishda yordam ko‘rsatadilar.