Yangiliklar

img
Wed, 10/02/2024 - 13:55

Bialstok universiteti bilan muvaffaqiyatli hamkorlik

Avval xabar berganimizdek, Alisher Navoiy nomidagi toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti hamda Polshaning Bialstok universiteti bilan birgalikda Erasmus+ loyihasida ishtirokchi sanaladi. Ikki universitet 2020-yildan boshlab ushbu loyihani amalga oshirib kelishmoqda. Joriy yilning 20-sentabr kuni Bialstok universiteti xalqaro hamkorlik bo'limi boshlig'i Pyotr Bialas hamda shu universitet professori Viktor Gardochki universitteimizda mehmon bo'ldi. Mazkur tashrif mobaynida hamkorlikdagi Erasmus- loyihasini yana 3 yilga uzaytirilgani ma'lum qilindi. Ushbu loyihada oliy ta'lim muassasalari o'rtasida akademik almashinuvnitashkil etish, natijada professor-o'qituvchilar va talabalarning tajribasini oshirish maqsad qilingan. Bu dastur Yevropa va Markaziy Osiyoda tilshunoslik, adabiyot, madaniyatlararo muloqot sohalari bo'yicha oliy ta’lim sifatini oshirishni ko'zda tutadi. Bu talabalar va xodimlarga o'z malakalarini oshirish va ish bilan ta'minlash imkoniyatini beradi. Shu sababli, ushbu fanlar nuqtayi nazaridan universitetlar o'rtasida ilg'or tajriba almashiladi.  Endilikda ikki universitet akademik mobillik asosida magistr va tadqiqotchilarni 6 oy muddatga malaka oshirishga yuborishlari mumkin. Bu ToshDO'TAU vakillarining 6 oylik Bialstok universitetida malaka oshirishini va xuddi shunday polshalik talaba va o'qituvchilarning bizning universitetimizga tashrifini ko'zda tutadi.

 

Qayd etish zarurki, Bialstok universiteti Polshada 26-oʻrinni, 2023-yilgi global reytingda 1625-oʻrinni egallagan va 11 ta tadqiqot mavzusi boʻyicha TOP 50% reytingini qoʻlga kiritgan.