
Bayrogʻimiz – faxrimiz
2023-yilning 13-noyabr kuni Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi katta o’qituvchisi Kamolaxon Abdurazakova O’zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi Toshkent shahar qo’riqlash boshqarmasida O’zbekiston Respublikasi davlat bayrog’i qabul qilingan kunga bag’ishlangan tadbirda ishtirok etdi. Olima “Bayrog’imiz - faxrimiz” mavzusida ma’ruza qildi.
14-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi davlat unitar korxonasida Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi dotsenti v.b., tarix fanlari bo'yicha falsafa doktori Navro'zbek Raximov O‘zbekiston Respublikasi Pezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi “O‘zbekiston – 2030 strategiyasi to‘g‘risida”gi 158-son Farmonining mazmun mohiyatini tushuntirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘i qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan “Xavfsiz va tinchliksevar davlat tamoyiliga asoslangan siyosatni izchil davom ettirish” mavzusida ma'ruza bilan ishtirok etdi.