Bayrogʻim — faxrim
2024-yil 18-noyabr kuni Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida (ToshDOʻTAU) 18-noyabr – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilingan kun munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir boʻlib oʻtdi. Tadbirda universitet professor-oʻqituvchilari, talabalar hamda taklif etilgan mehmonlar ishtirok etdilar.
Tadbir davomida davlat bayrogʻining tarixiy ahamiyati, mustaqil Oʻzbekiston ramzi sifatida bayrogʻimizda aks etgan rang va belgilarning mazmuni hamda bu bayroq ostida erishilgan yutuqlar haqida so‘z bordi. Shuningdek, talabalar tomonidan tayyorlangan adabiy-badiiy chiqishlar va davlatimiz ramzlarini ulugʻlovchi musiqiy dasturlar namoyish etildi.
Tadbir Oʻzbekiston davlat ramzlariga boʻlgan hurmat va milliy gʻururni yanada kuchaytirishga xizmat qildi.



