
Baxtimiz qomusi
Joriy yilning 3-dekabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 33-yilligiga bag‘ishlangan “Konstitutsiya – farovon hayot” mavzusida tadbir tashkil etildi. Tadbir universitet tyutori Z. Saidolimova tomonidan biriktirilgan guruhlar ishtirokida o‘tkazildi.
Tadbir davomida talabalarga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o‘rni, uning xalq farovonligi va milliy taraqqiyotga qo‘shayotgan hissasi haqida ma’lumotlar berildi. Davlatimizning mustaqillik yillaridagi rivojlanish bosqichlari va ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda erishilgan yutuqlar bilan bog‘liq muhim ma’lumotlar taqdim etildi.
Shuningdek, talabalar tomonidan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Ushbu ko‘rinishlar asosiy qonunimizning inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, jamiyatning farovonligini oshirish va kelajak avlodlar uchun mustahkam poydevor yaratishdagi muhim ahamiyatini aks ettirdi.
Mazkur tadbir Konstitutsiyaning asosiy qoidalarini yoshlar ongida yanada mustahkamlash, ularning davlatimiz ijtimoiy hayotidagi faolligini oshirish hamda huquqiy savodxonligini yuksaltirishga xizmat qildi. Bu kabi tadbirlar yurtimizning yorqin kelajagini shakllantirishda yosh avlodning faol ishtirokini ta’minlashga qaratilgan ezgu tashabbuslarning amaliy ifodasidir.