
Barqaror rivojlanish maqsadlariga birgalikda erishamiz
2024-yil oktabr oyida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan Akademik E.A.Buketov nomidagi Qarag‘anda universiteti Falsafa va psixologiya fakulteti “Falsafa”, “Sotsiologiya”, “Psixologiya” va “Politologiya” kafedralarining professor-o‘qituvchilari hamda doktorant va magistrantlari uchun ilmiy nazariy-metodologik seminarlar o‘tkazildi. Bu tadbirlar 2015-yilning sentabr oyida BMT Sammitida eʼlon qilingan “Barqaror rivojlanish maqsadlari”ga muvofiq bo‘lib, unga ko‘ra Oʼzbekiston oliy ta’lim muassasalari ham 2030 yilgacha boʼlgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalar doirasida rivojlanish ustuvorligi va moliyaviy imkoniyatlaridan kelib chiqib milliy rivojlanish maqsadlarida ishtirok etishi nazarda tutilgan.
“Psixologiya” kafedrasida o‘tkazilgan ilmiy nazariy-metodologik seminarda kafedra mudiri, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent Aslonov Ilhom Nizomovichning “Idenfikatsiya i identichnost, krizis identichnosti” mavzusidagi, kafedra dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi Vaxob Sattorovning “O‘quvchilarda ekologik madaniyatni shakllantirish” mavzusidagi, kafedra katta o‘qituvchisi Gulnoza Jabborovaning “Ekologik ma’rifat (ta’lim, tarbiya) va uning mazmun-mohiyati” mavzusidagi ma’ruzalari, falsafa va dinshunoslik kafedrasida filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Anvar Buranovning “Islom falsafasi”, kafedra o‘qituvchisi Gulbahor Ibrogimovaning “Inson falsafasi”, politologiya kafedrasida kafedra katta o‘qituvchisi Kamolaxon Abdurazakovaning “Mejdunarodnie otnosheniya i vneshnyaya politika gosudarstva” mavzusidagi ilmiy – amaliy seminarlari qatnashchilar tomonidan yuqori darajada baholandi.