Sat, 12/10/2022 - 16:39
Baralla yangra, madhiyam
2022-yil 10-dekabr kuni O'zbek filologiyasi fakulteti talabalari tashabbusi bilan davlat Madhiyasi qabul qilingan kunga bag‘ishlab "Shuhrating porlasin toki bor jahon" nomli tadbir tashkil etildi. Tadbirni fakultet dekan o'rinbosari A.Qurbonov ochib berdi. Shuningdek O'zbek adabiyoti tarixi kafedrasi dotsenti A. Tilovov bayram munosabati bilan talabalarni qutladi.
Fakultetning birinchi bosqich talabalari tomonidan Vatanni madh etuvchi kuy-qo'shiqlar va sahna ko'rinishi namoyish etildi.


