Yangiliklar

img
Wed, 12/13/2023 - 15:23

Baku universitetlari bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetida Ozarbayjon Respublikasi Fan va taʼlim vazirligi huzuridagi Fan va oliy taʼlim davlat agentligi xalqaro loyihalar boʻlimi boshligʻi Zulfiya Shafiyeva hamda Ozarbayjonning yetakchi universitetlari loyiha menejeri Yuliyeva Sivaldayeva mehmon bo'ldi. Ularni universitetimiz Xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektori Nozliya Normurodova kutib oldi. Suhbat davomida mehmonlar Ozarbayjonning OTMlari bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirishda vositachi bo'lishdan mamnun ekanliklari qayd etishdi. 
Bakudagi nufuzli universitetlar bilan qo'shda dasturlarni yo'lga qo'yish, birgalikda xalqaro loyihalar tayyorlash, jahon reytinglarida munosib o'rin egallash uchun hamkorlikda harakat qilish singari masalalar muhokama qilindi. 
Mehmonlar Bakudagi davlat va nodavlat universitetlar bilan ToshDO'TAU o'rtasida yaqin hamkorlikni yo'lga qo'yish bo'yicha tegishli tavsiyalar berishdi. Mos ta'lim yo'nalishlari mavjud bo'lgan OTMlar nomidan ijobiy takliflarni ilgari surishdi. Muzokaralar yakunida har ikki tomon vakillari kelgusidagi rejalarni amalga oshirish bo'yicha aniq mexanizmlarni tayyorlab, tez orada amaliy ishlarni boshlashga kelishib olishdi.
Eslatib o'tamiz, universitetimiz joriy yilda nufuzli "Times Higher Education" reyting agentligining "THE Impact Rankings" reytingida TOP 600+ universitetlar qatoridan o'rin egallagan va gender tengligini ta'minlash bo'yicha dunyoning eng yaxshi 20 ta universitetidan biri sifatida e'tirof etilgan.