
Badiiy fotografiya: muammolar va istiqbollar
2024-yil 3-oktyabr kuni soat universitetimizda Oʻzbekiston Badiiy ijokorlar uyushmasi a’zosi, badiiy fotorassom Zafar Roʻziqulov bilan “Badiiy fotografiya: muammolar va istiqbollar” mavzusida ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda badiiy fotografiyaga qiziquvchi talabalar, koʻngillilar ishtirok etdi. Zafar Roʻziqulov uchrashuv davomida talabalarga badiiy fotografiyaning oʻziga xos qonuniyatlari, fotorassomlik san’ati va “fotosuratlarni oʻqish” qobiliyati haqida soʻz yuritdi. U oʻzining shaxsiy koʻrgazmasidan oʻrin olgan fotosuratlarning olinish vaqti, ularda ifodalangan ma’no, har bir suratning tarixi haqida soʻz yuritdi. Talabalar tomonidan berilgan savollarga fotorassom atroflicha javob qaytardi. Zafar Roʻziqulov universitet talabalariga oʻzining shaxsiy “Fotoritm” fotostudiyasiga bepul vaucherlar va taklifnomalar ulashdi.
Zafar Ro‘ziqulov 40 yildan buyon fotografiya san]ati bilan shug‘ullanadi. Uning “Qalbimdagi Vatanim” nomli shaxsiy fotoko‘rgazmasi Toshkent shahri, Qoraqolpog'iston Respublikasi va viloyatlarda o‘tkazilayotgani tasviriy san’at namoyandalari tomonidan munosib e’tirof etilmoqda. Fotorassomning Vatanga bo‘lgan qalb kechinmalari turli janrdagi fotoasarlarida aks etadi.
Ijodkor fotoasarlarida tog‘lar viqorini, maysalarga burkangan bepoyon kengliklar chiroyi va fusunkorligini tomoshabin e’tiboriga taqdim etadi. Ularda Turkiston, Nurota va Zarafshon tog‘ tizmalarining haybati, hamda vaQizilqum cho‘lining nafis qum barxanlari yuksak mahorat bilan tasvirlangan. Amudaryo, Sirdaryo, Piskom, Chotqol daryolari va Aydarko‘l ko‘lining maftunkor manzaralarie’tiborga molik. Shuningdek, Orol dengizining fojiali qismati tasvirlangani tomoshabinda chuqur achinish hissini uyg‘otadi.
Mamlakatimizdagi qadamjo va ziyoratgohlar ham fotorassom diqqatini tortgani bois ularning badiiy tasviri tomoshabinga o‘zgacha ruhiy kayfiyat baхsh etadi.
Ijodiy uchrashuv jarayonida 2024-yil “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” doirasida fotografiya san’ati ixlosmandlari ishtirokida “Fotografiya san’ati: muammolar va istiqbollar” mavzusida davra suhbati va fotografiya san’ati bo‘yicha mahorat darslari tashkil etildi.
O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasining Fotosho’ba faoliyati bilan yosh fotorassomlar batafsil tanishtiriladi.