Yangiliklar

img
Mon, 03/07/2022 - 18:38

Ayol bilan olam munavvar

Bugun Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbek filologiyasi fakultetida “Ayol bilan olam munavvar”  nomli universitet xotin-qizlari uchun maʼnaviy-maʼrifiy kecha tashkil etildi. Tadbirni Yoshlar bilan ishlash va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor B. Хoliqov ochib berdi va oʻzini fidoyiligi, aql-u zakovati, ilm-u shijoati bilan oʻz oʻrniga ega boʻlgan  professor-oʻqituvchilarga esdalik sovgʻalarini topshirdi.  Tadbirda talabalar oʻzlari tayyorlagan sahna koʻrinishlarini namoyish etishdi. Tadbir juda goʻzal kuy-qoʻshiqlarga, raqslarga, sheʼrlarga boy boʻldi.