Yangiliklar

img
Tue, 01/14/2025 - 17:11

Axborot xavfsizligi va kiberjinoyatlarning oldini olish

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida “Yoshlar o‘rtasida sodir etilayotgan axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar” mavzusida huquqbuzarliklarning oldini olishga bag‘ishlangan profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Mayor Mo‘minov Asqar Mirzamurodovich va Podpolkovnik Qung‘iratov Mirzohid Sharapullayevich ishtirok etib, yoshlar bilan ochiq muloqot olib bordilar. Ular axborot texnologiyalari sohasida uchrayotgan jinoyatlarning mohiyati, oqibatlari va ulardan qanday himoyalanish mumkinligi haqida batafsil ma’lumot berdilar. Tadbir davomida zamonaviy texnologiyalar bilan bog‘liq xatarlar, kibermakonda xavfsizlikni ta’minlash yo‘llari, shuningdek, huquqiy savodxonlikni oshirishning ahamiyati haqida muhim ma’lumotlar taqdim etildi.

Talabalar ushbu mavzuda qator savollar bilan murojaat qilishdi va o‘zlarini qiziqtirgan masalalarga javob olishdi. Tadbir yoshlarni axborot xavfsizligi borasidagi bilimlarini oshirish va ularni huquqbuzarliklardan himoya qilishga yo‘naltirishda muhim qadam bo‘ldi. Shu kabi tadbirlarning muntazam o‘tkazilishi yoshlar orasida huquqiy madaniyatni yuksaltirishda katta ahamiyatga ega.