Yangiliklar

img
Wed, 09/09/2026 - 15:13

Axborot-resurs markazi bilan tanishing!

Yangi o‘quv yilining ilk kunlarida universitetimizga qadam qo‘ygan 1-kurs talabalari uchun tanishuv jarayonlari davom etmoqda. Talabalar universitetdagi ta’lim jarayoni, mavjud imkoniyatlar va muhim maskanlar bilan yaqindan tanishmoqdalar.

Ana shunday muhim maskanlardan biri — universitetimiz axborot-resurs markazidir. Bu yerda talabalar o‘quv jarayonida zarur bo‘ladigan adabiyotlar bilan tanishib, mustaqil ta’lim va izlanishlari uchun kerakli manbalarni topishlari mumkin.

Axborot-resurs markazida ilmiy va o‘quv adabiyotlari bilan bir qatorda, dunyoqarashni kengaytiruvchi badiiy asarlar ham mavjud. Turli yo‘nalishlarga oid manbalar talabalarning bilimini mustahkamlash va yangi bilimlarni egallashida muhim ahamiyat kasb etadi.

Shuningdek, markazda talabalar uchun qiziqarli uchrashuvlar, ma’rifiy tadbirlar va kitobsevarlar davrasi tashkil etib boriladi. Bu esa talabalik davrini mazmunli o‘tkazish, fikr almashish va mutolaa madaniyatini rivojlantirish uchun yaxshi imkoniyat yaratadi.