Avlodlarga bitilgan maktub – ma’naviyat va mas’uliyat saboği
2026-yil 24-noyabr kuni Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universitetida talaba-yoşlarni vatanparvarlik, milliy ğurur, ajdodlar merosiga hurmat va yuksak ma’naviy qadriyatlar ruhida tarbiyalaşga qaratilgan ma’rifiy tadbir taşkil etildi.
Tadbir davomida “Suyukli nabiram Şavkatbekka parvoz davomida bitilgan maktub” nomli maktub mazmuni talaba-yoşlarga yetkazildi. Unda avlodlar örtasidagi ma’naviy boğliqlik, hayotiy tajriba va ibrat, ilm-ma’rifatning inson kamolotidagi örni, Vatanga sadoqat kabi muhim masalalar yoritilgan.
Maktubda ilgari surilgan fikrlar yoşlarni öz hayoti, kelajagi va jamiyat oldidagi mas’uliyati haqida muşohada yuritişga undadi. Xususan, zamonaviy texnologiyalar va sun’iy intellekt imkoniyatlaridan oqilona foydalaniş, bilim olişga intiliş, mustaqil fikrlaş, vaqtni qadrlaş va insoniy fazilatlarni asrab-avaylaş haqidagi mulohazalar alohida ahamiyat kasb etdi.
Maktubning tarbiyaviy mohiyati şundaki, unda yoş avlodga şunçaki pand-nasihat berilmaydi, balki hayot yölida töğri tanlov qiliş, bilim va tafakkur bilan yuksaliş, özidan keyingi avlodga munosib meros qoldiriş mas’uliyati eslatiladi.
Zero, vatanparvarlik faqat Vatan haqida balandparvoz sözlar aytiş emas. U öz işiga mas’uliyat bilan yondaşiş, ilm egallaş, xalq va yurt ravnaqi uçun munosib hissa qöşiş, ajdodlar işonçini oqlaşdan boşlanadi. Maktubda mujassam uşbu hayotiy haqiqatlar talaba-yoşlar uçun muhim ma’naviy saboq bölib xizmat qiladi.

