
Antaliyada o‘tgan xalqaro konferensiyada o‘zbek tadqiqotchilari faol ishtiroketishdi
2024-yilning 26-29 oktabr kunlari Turkiyaning Antaliya shahridagi Akdeniz universitetida o‘tkazilgan “Xalqaro Kompyuter Fanlari va Muhandisligi IX” (UBMK 2024) konferensiyasida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining dotsenti, filologiya fanlari doktori (DSc) Abjalova Manzura o'z shogirdlari N.G‘ulomova, M.Adilova va S.Sharipova bilan birgalikda bir qator muhim mavzularda maqolalar taqdim etdilar.
Maqolalar quyidagi mavzularni o'z ichiga oldi:
“Idiomlarni Avtomatik Tarjima Tizimlarida Tarjima Qilishdagi Semantik va Grammatik Muammolar” (Manzura Abjalova; Sarvinoz Sharipova);
“O‘zbek Matnlarining Avtomatik Morfologik Tahlilida Lemmatizatsiya va Stemming Jarayoni” (Manzura Abjalova; Munojot Adilova; Eşref Adalı);
“Alisher Navoiy Asarlari Korpusidagi Arxaik So‘zlarning Semantik Tavsifi Muammosi” (Shukhrat Sirojiddinov; Manzura Abjalova; Sulton Normamatov; Nargiza Gulomova).
Shuningdek, 29.10.2024 da “O‘zbekcha-Turkcha Avtomatik Tarjima Dasturi Uchun Deyimlar To‘plamini Tashkil Etish Muammosi” (Abjalova Manzura, Umida Rashidova, Eşref Adalı) mavzusidagi maqola taqdim etildi. Ushbu maqola avtomatik tarjima tizimlari uchun zarur bo‘lgan deyimlarni to‘plab, ularni to‘g‘ri va samarali tarjima qilish yo‘llarini o‘rganishga qaratilgan.
Konferensiya davomida Istanbul Texnika Universiteti, Istanbul Universiteti, TED Universiteti, Gazi Universiteti va al-Forobiy nomidagi Qozog‘iston Milliy Universitetidan kelgan professor-o‘qituvchilar bilan istiqbolli hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Ushbu hamkorlik, ta’lim va tadqiqot sohalarida yangi imkoniyatlarni ochishga, o‘zaro tajriba almashishga hamda ilmiy loyihalarni amalga oshirishga xizmat qiladi. Shuningdek, konferensiya ishtirokchilari o‘zaro fikr almashish, yangi ilmiy g‘oyalar va innovatsion yondashuvlar ustida hamkorlik qilish imkoniyatlarini yaratish uchun o‘zaro aloqalarni mustahkamlashga e’tibor qaratdilar.
Konferensiya o‘tkazilgan joyda qulay muhit yaratilib, ilm-fan va ta’lim sohasida dolzarb masalalar yuzasidan ko‘plab foydali fikrlar bildirildi, bu esa ishtirokchilarga o‘z ilmiy ishlarida yangi istiqbollarni ko‘rishga yordam berdi.