Amir Temur – sohibqiron, buyuk sarkarda
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetida joriy haftada ham axborot va murabbiylik soatlari yuqori saviyada tashkil etildi.
Axborot va murabbiylik soatlari avvalida Oʻzbekiston Respublikasidagi iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy voqealarga doir ma'lumotlar muhokama qilindi. Talabalarning ijtimoiy faolligi ijobiy baholandi.
Shundan so'ng mashg'ulotning asosiy mavzusi bo'yicha ma'ruzalar tinglandi. “Amir Temur – sohibqiron, buyuk sarkarda” mavzusida mashg'ulotlar olib borildi. Amir Temur shaxsini idrok etish–tarixni idrok etish demakdir. Amir Temurni anglash–o‘zligimizni anglash demakdir. Amir Temurni ulug‘lash–tarix qa’riga chuqur ildiz otgan tomirlarimizga, madaniyatimizga, qudratimizga asoslanib, buyuk kelajagimizni, ishonchimizni mustahkamlash demakdir. Bugungi mashg'ulotda aynan shu masalalar haqida so'z yuritildi.




