
“Amir Alisher” endi ingliz tilida
Amerika Qoʻshma Shtatlarida akademik Shuhrat Sirojiddinovning “Amir Alisher” kitobi ingliz tilida nashr etildi. Buyuk mutaffakkir Alisher Navoiyning hayoti va ijodi haqida qoʻlyozma manbalar asosida yaratilgan bu amerikalik noshir badiiy rahbar Mina Saberi tomonidan nashrga tayyorlanib, “Lightning press” nashriyotida chop etilgan.
Kitobda Navoiy hayotiga doir manbalarni qiyosiy-tipologik, tekstologik tahlildan o‘tkazish orqali XX asrgacha bo‘lgan davrda yaratilgan ma’lumotlarning ilk manbalardan farqlanish darajasi aniqlangan. Alisher Navoiy hayoti va faoliyatining ba’zi noma’lum tomonlari oydinlashtirilgan. Shu jarayonda bir qancha yangi axborotlar qo‘lga kiritilib, shoir hayoti tafsilotlarini to‘liq tasavvur qilish imkoniyati yaratilgan. Ushbu kitobda muallifning shu yo‘nalishda olib borgan uzoq yillik izlanish va tadqiqotlarining natijalari qisqa va xronologik ketma-ketlikda keltirilgan. Bu asar bugungicha qardosh tillarda va eski oʻzbek yozuvida ham nashr etilgan.