Yangiliklar

img
Tue, 02/18/2025 - 18:51

Alisher Navoiy mualliflik korpusi taqdimoti

Joriy yilning 18-fevral kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universitetida Alisher Navoiy mualliflik korpusining taqdimoti bo’lib o’tdi. AL-662205561 raqamli “Alisher Navoiy mualliflik korpusini yaratish (“Xazoyin ul-maoniy” kulliyotidagi g‘azallar asosida)” nomli amaliy loyiha doirasida yaratilgan Alisher Navoiy mualliflik korpusi keng jamoatchilikka taqdim etildi.  Mazkur innovatsion ta’lim texnologiyasining asosiy maqsadi o‘rta maxsus va oliy ta’lim muassasalari talabalari, shuningdek, keng kitobxonlar ommasi uchun Alisher Navoiy ijodini mustaqil o‘qish va tushunish imkonini yaratishdan iboratdir. Korpus interfeysi o‘zbek, ingliz, rus va turk tillarida bo‘lib, xorijiy tadqiqotchilar va qiziquvchilar uchun ham foydalanish imkoniyatini ta’minlaydi.
Mazkur  korpus orqali foydalanuvchilar Alisher Navoiy g‘azallarini lug‘atlarsiz mustaqil oqish va tushunishlari, shuningdek, XV asr leksikasini anglash konikmalarini rivojlantirishlari mumkin. Korpus quyidagi imkoniyatlarga ega:
213 mingga yaqin soz va soz birikmalari izohlandi, bu esa bugungi oquvchi uchun tushunish qiyin bolgan qismi yoritilishiga xizmat qiladi.
2600 g‘azaldagi 212781 ta soz kontekstual semantik tavsiflandi va teglandi.
She’riy sanat turlari (maqol – 110, ibora – 260, talmeh – 883, tazod – 474, tanosib – 2566, tasbe – 32, tasdir – 145, tashbeh – 124, arxaik sozlar – 527, tarixiy sozlar – 13) maxsus belgilandi.
Qidiruv tizimi umumiy va filtrli qidiruv imkoniyatiga ega bolib, foydalanuvchilar izoh talab sozlarni tez va qulay topishlari mumkin.
Korpus ijodiy uslubni o‘rganish, turgun birikmalar va poetik sanat turlarini tahlil qilish, asarlar badiiyligini oshirish, matn tipini aniqlash hamda auditoriya yoshiga mos tarzda matnlarni filtrlash imkonini beradi.

  

Bundan tashqari, Intellektual mulk agentligidan 5 ta mualliflik guvohnomasi olindi hamda “Alisher Navoiy mualliflik korpusi: imkoniyatlari va foydalanish yo‘riqnomasi” (Toshkent, 2024) nomli uslubiy qollanma nashr ettirildi. Shuningdek, “Mualliflik korpuslari: Alisher Navoiy mualliflik korpusi” nomli monografiya (Abjalova M., Gulomova N. – Navoiy, 2023) chop etildi.

  

Elektron manzillar:
Yangi tipdagi Alisher Navoiy mualliflik korpusi: http://alishernavoicorpus.uz/uz
Korpusning prototipi (ilk versiyasi): http://v1.alishernavoicorpus.uz/
Mazkur loyiha navoiyshunoslik ilm-faniga muhim hissa qo‘shib, Alisher Navoiy asarlarini anglashni osonlashtirishga xizmat qiladi.