Yangiliklar

img
Wed, 05/07/2025 - 15:25

Akademik talabalarning yashash sharoitlari bilan tanishdi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi Shuhrat Sirojiddinov talabalar turar joylari va ijarada yashayotgan talabalar holidan xabar oldi. Mazkur tashrif davomida rektor universitet mas’ullari bilan birga bir nechta TTJ binolarini hamda talabalar vaqtincha istiqomat qilayotgan ijara xonadonlarini ko‘zdan kechirdi. Sharoitlar, sanitariya holati, xavfsizlik choralari, talabalar uchun yaratilgan qulayliklar bilan bevosita tanishildi.
Talabalar bilan samimiy muloqot davomida ularning fikr-mulohazalari, muammolari va takliflari tinglandi. Shuhrat Sirojiddinov barcha talabalar uchun zarur sharoitlarni yaratish, ular ta’lim olish bilan birga sog‘lom va xavfsiz muhitda yashashlarini ta’minlash universitet rahbariyatining doimiy e’tiborida ekanini alohida ta’kidladi.
Tashrif yakunida mas’ul rahbarlarga aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.