Yangiliklar

img
Sun, 10/15/2023 - 18:04

Akademik qoidalar bilan tanishamiz

Universitetimiz O'quv bo'limi hamda ta'lim sifatini nazorat qilish bo'limi tomonidan birinchi bosqich talabalari uchun maxsus mashg'ulot o'tkazildi.
Universitetimizda "Akademik qoidalar" ishlab chiqildi. Unga ko'ra 1-kursga qabul qilingan talabalar uchun kredit-modul tizimi mazmun-mohiyatini tushuntirish, maslahat va ko'mak berish bo'yicha yo'riqnomalar berish ko'zda tutilgan. Buning uchun universitet veb-saytida 2023/2024-o'quv yili o'quv jarayoni bilan bog'liq me'yoriy hujjatlari (DTS, Malaka talablari, o'quv rejalar, o'quv dasturlar, o'quv jarayoni grafigi) joylandi. Bundan tashqari, talabaga yordam tariqasida "Kredit-modul tizimini joriy etish haqida" nizom, "Talabalarning bilimini baholash to'g'risida"gi nizom, kreditlarni olish tartibi, nazoratlar (ON, YN)ga tayyorgarlik ko'rish va ularni topshirish bo'yicha maslahat-yo'riqnoma, qarzdor bo'lgan talabalar uchun 1 kreditga mos to'lov miqdori, akademik mobillik va boshqalar to'g'risida ma'lumot berildi.