Akademik mobillik asosida respublikaning boshqa otmlarida o‘qimoqchi bo‘lgan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti talabalari diqqatiga!
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi "Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 824-son qaroriga asosan talabalarning akademik mobillik asosida muayyan vaqt mobaynida respublika hududidagi boshqa bir oliy ta’lim muassasasiga o‘qish uchun murojaat etish va hujjatlarni rasmiylashtirish o‘quv jarayonlari boshlanishidan oldin yakunlanishi belgilangan.
Shu munosabat bilan akademik mobillik asosida respublikaning boshqa OTMlariga o‘qish uchun murojaat etish muddati 2024-yilning 26-30-avgust kunlari etib belgilanligini ma'lum qilamiz. Belgilangan muddatdan keyin qilingan murojaatlar ko‘rib chiqilmaydi.
P.S.: Yuqorida belgilangan tartib akademik mobillik asosida ToshDO‘TAUda o‘qimoqchi bo‘lgan respublika OTM talabalariga ham taalluqlidir.