Yangiliklar

img
Wed, 10/16/2024 - 11:08

Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li adabiy merosini o‘rganishning dolzarb masalalari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-iyuldagi “Atoqli qoraqalpoq shoiri va mutafakkiri Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li tavalludining  200 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi PQ-258-sonli Qarorining 3-band beshinchi xatboshisi bilan belgilangan vazifalarni ijro etish maqsadida 2024-yilning 14-oktabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetida “Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li adabiy merosini o‘rganishning dolzarb masalalari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy  konferansi bo'lib o'tdi. 
Konferans yalpi majlisida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, O‘zbekiston Xalq shoiri, senator  Sirojiddin Sayyid, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti professori, filologiya fanlari doktori Quvanshinbay Orazimbetov, Forobiy nomidagi Qozoq Milliy universiteti Turon-Eron ilmiy tadqiqot markazi direktori, filologiya fanlari doktori, professor Islam Jemeney singari o'nlab adabiyotshunos olimlar, shoir va yozuvchilar, tadqiqotchilar va talabalar ishtirok etishdi.  
Konferansda  qardosh turkiy xalqlar vakillarining ishtiroki ilmiy jamoatchilikni befarq qoldirmadi.